March 15

“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: Olmaliq shahrida iste’molchilarning debitor qarzdorligi, noqonuniy ulanmalar bo‘yicha ma’lumot (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent viloyati suv ta'minoti” AJ va Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari birgalikda ichimlik suvidan iste’molchilarning debitor qarzdorligi va tarmog‘iqqa noqonuniy ulanish hamda foydalanish yuzasidan Olmaliq shahrida reyd tadbirlari olib borildi.

Toshkent viloyati Olmaliq shahri bo‘yicha 37 996 ta jismoniy istemolchilar mavjud. Olmaliq shahridagi jismoniy iste’molchilarning qarzdorligi 3.4 mlrd so‘m, tashkil etadi.

Qarzdorlik miqdori eng yuqori bo‘lgan MFY:

1. “Hilol” – 450 mln;

2. “Uvaysiy” – 114 mln;

3. “Kamalak” – 100 mln.

2024-yilning 1 martga qadar:

– 896 161 484 mln so‘m pul tushumi;

– 18 ta noqonuniy ulanmalar aniqlangan. Jami 8 mln so‘m.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Iste’molchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan ular ichimlik suvi ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son Qarorining 2-ilovasining VI bo‘lim 85- bandiga asosan suvni hisobga olish asbobi iste’molchi aybi bilan ishdan chiqqan, singan, buzilgan va bu haqda ISKX tashkiloti xabardor qilinmagan taqdirda sarflangan suv miqdori, so‘nggi tuzilgan dalolatnoma sanasidan to yangi suvni hisobga olish asbobining o‘rnatilish sanasigacha, I guruh iste’molchilari uchun — ushbu Qoidalar 87-bandining “a” kichik bandi bo‘yicha, II va III guruh iste’molchilari uchun — ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.

Iste’molchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, UZUM Apelsin kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

Ta’kidlash joiz, iste’molchilarning qarzdorligi bilan bir qatorda sohadagi eng og‘riqli muammolardan biri ichimlik va oqova suv tizimlariga noqonuniy ulanish holatlari bo‘lib qolmoqda.

Ushbu holatlarning oldini olish maqsadida tegishli idoralar bilan hamkorlikda joylarda muntazam ravishda reyd tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Axborot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat