November 20, 2023

“Toshkent suv ta’minoti”: Bo‘ka tumani “Madaniyat” MFY hududidagi O‘zbekiston ko‘chasi bilan “Ezgulik” ko‘chasi tutashgan chorrahada diametri Ø150 mm li ichimlik suv quvuri (temir, stal) ta’mirlandi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv ta'minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati Bo‘ka tumani filialiga “Madaniyat” MFYda istiqomat qiluvchi xonadon egalaridan tegishli tartibda murojaat kelib tushgan.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori topshirigʼiga binoan, shahar va tumanlarda mavjud suv quvurlarni tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bo‘ka tumani filiali nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, xususan:

“Madaniyat” MFY hududidagi O‘zbekiston ko‘chasi bilan “Ezgulik” ko‘chasi tutashgan chorrahada diametri Ø150 mm li ichimlik suv quvuri (temir, stal) 30 m qismi almashtirildi.

Natijada 10 ijtimoiy soha obyekt va 10 158 nafar iste’molchi ichimlik suvi bilan qayta ta’minlandi.

FOTOLAVHALAR

ESLАTMА!!!

Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!

Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat