“Toshkent suv taʼminoti”: Bo‘stonliq tumani “RTS” suv inshootiga ЭЦВ 10 160-60 nasos agregati o‘rnatildi (Foto+video)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga Bo‘stonliq tumani “Talpin” MFYda istiqomat qiluvchi xonadon egalaridan tegishli tartibda murojaat kelib tushgan.
Xususan, “RTS” suv inshootiga qarashli ЭЦВ 8 60-60 nasos agregatining quvvat bosimi pastligi sababli, eng so‘nggi tarmoqqa ulangan isteʼmolchiga ichimlik suv tarmog‘ida suv uzilish bo‘lganligi bayon qilingan.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirigʼiga binoan, shahar va tumanlarda mavjud nasos agregatlarning faoliyatini tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Boʼstonliq tuman bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan “Talpin MFY “RTS“ suv inshootiga qarashli ЭЦВ 10 160-60 nasos agregati o‘rnatildi.
Mazkur “Talpin” MFYning 560 ta xonadon egalari mavjud.
Shuningdek, Hamid Olimjon koʼchasida 27 ta xonadon 2722408259 hisob raqamli istʼemolchi WG Craft bazasida hisobdon o‘rnatilmaganligi va 599 029.35 so‘m kamomadi aniqlangan.
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.