“Toshkent suv taʼminoti”: Olmaliq shahar bo‘limida kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi kiberxavfsizlikni ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4751-sonli Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan, “Toshkent suv taʼminoti” MChJ Olmaliq shahar bo‘limida axborot tizimlari va resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJning Axborot kommunikatsiya va texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi xodimlari tomonidan kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar, axborot tizimlari va resurslari faoliyatining buzilishi, shuningdek, maxfiy ma’lumotlarning sizib chiqib ketishiga olib keladigan hodisalar misolida ishtirokchilarga tushuntirish berildi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
– “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
– 1С buxgalteriya hisobi tizimi;
– exsud.sud.uz qarzdorlik bo‘yicha sud ma’lumotlarini kiritish tizimi;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi saytiga kelgan murojaatlar bilan ishlash tizimi;
– Alfa Sentr Kommunikatordagi hisoblagichlar bazasi;
– “Water control” suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlari billing avtomatlashtirilgan tizimi;
– O‘zbekiston Respublikasi Yagona milliy mehnat tizimi.
Ushbu dasturlarda sohaga oid ma’lumotlar bo‘lganligi sababli, kompyuterlarda maxfiy parol bo‘lishi lozimligi tushuntirildi.
Har qanday fleshka xotiralarni kompyuterga ulamaslik, tasdiqlanmagan turli diniy axborotlarni, tabriklarni telegramm guruhlarga jo‘natmaslik kerakligi ta’kidlab o‘tildi.
Kompyuterdan to‘g‘ri foydalanish qoidalariga rioya qilinishi, unda shaxsiy ma’lumotlarini saqlamaslik va telegramm messendjerlaridan foydalanishda ish jarayonida faqat rasmiy guruhlarga kirish kerakligi tushuntirildi.
Yig‘ilish so‘nggida, savol-javoblar bo‘lib, ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olishdi.