August 15, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Yuqori chirchiq tumanida korrupsiya holatlari bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv ta'minoti” MChJ Axborot tahlil bo‘lim boshlig‘i B.Usmonov, Komplyans nazorat xizmati inspektori E.Baykabilov, Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi bo‘limi boshlig‘i M.Isamiddinov, bo‘lim xodimi B.Baxramboyevlardan iborat ishchi gurux tomonidan, joriy yilning 28-iyulida Yuqori chirchiq tuman filialida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida, tuman filial xodimlarining ishga kelishlari, ichki mehnat intizomi, ijro intizomi va hududni obodonlashtirish bo‘yicha o‘rganish (davomat) o‘tkazildi va natijasi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Shu bilan bir qatorda tuman filial sobiq xodimi B.Tulyaganovning (k-2048 26.07.2023 yil bilan kirim qilingan) arizasida keltirilgan har bir vajlar mualif ishtirokida atroflicha o‘rganilib, tegishli tuman filial xodimlarini jalb qilgan holda aniqlik kiritildi.

Yuqorichirchiq tumani “Buloq boshi” MFY Sohibkor qishlog‘i suv inshooti mashinisti R.Soipova arizasi yuzasidan ham muallif ishtirokida o‘rganildi, unda keltirilgan har bir vaj bo‘yicha tegishli xodimlar bilan suhbatlashildi.

Hozirgi kunda suv inshooti aholiga suv yetkazib bermayotganligi bois, xodim o‘z hisobidan oylik maoshi saqlanmagan holda ta’til(без содержаний)ga chiqarilgan.

Tuman filialiga qarashli “Chumchuqjar” MFY hududida joylashgan “Chumchuqjar” suv inshootida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi va tegishli taklif va maslahatlar berildi.

“Ali-Said” suv inshootida olib borilayotgan obodonlashtirish, hududda saqlanayotgan nosoz texnikalar (Traktor va Changan) ham ko‘zdan kechirildi va nosoz texnikalarni ta'mirlash bo‘yicha tegishli meьyoriy hujjatlar rasmiylashtirilishi tushuntirildi.

“Uchchinor” MFY, Sholikor ko‘chasida joylashgan, yangi qurilgan va foydalanishga topshirilmagan suv inshooti tayanch to‘siqlari (devor)ni nomalum qo‘shni tomonidan buzib, o‘zini foydasiga ishlatmoqchi bo‘lishlik holati ham ko‘zdan kechirildi.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ komplayens nazorat xizmati inspektori Ermuhammad Baykabilov