October 21

“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: ishchi guruh tomonidan xalqaro moliya institutlari mablag‘lari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.To‘xtaboyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “O‘zsuvta’minot” AJ mas’ulligida xalqaro moliya institutlari mablag‘lari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

Kuni kecha Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalar doirasida Chirchiq shahar va Qibray, Zangiota va Toshkent tumanlaridagi 6 ta obyektlarda olib borilayotgan qurilish - montaj ishlari bilan tanishildi.

O‘rganish davomida, ushbu obyektlarning 2 tasida yerga oid nizoli holatlar, 1 tasida moliyalashtirish va 1 tasida ishchilar yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar aniqlanib, joyida bartaraf etilishi ta’minlandi.

Masalan, “Toshkent, Qibray va Zangiota tumanlarida uzunligi 54,9 km. bo‘lgan magistral ichimlik suv tarmog‘ini qurish” obyekti bo‘yicha 1,2 km. tarmoq qurilishi uchun yer maydoni ajratish bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi va obyektlarda qurilish ishlarini jadallashtirish hamda tarmoq jadvallarida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

FOTOLAVHALAR

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat