January 25

“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: jismoniy va yuridik shaxslardan 6258 ta murojaat kelib tushdi (2023-yil yanvar-dekabr holatiga)

Bosh sahifa | Русский язык

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ–445-son Qonuni va mazkur Qonun asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son Qarori qabul qilingan bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ijro intizomi bo‘limi ish faoliyati shu Qonun va Qaror talablari asosida tashkil etilgan.

“Toshkent suv ta’minoti” MCHJga va bo‘ysunuvdagi shahar, tuman filiallarga joriy yilda jami bo‘lib, 6258 ta murojaatlarlar kelib tushgan.

a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi (“O‘zsuvta’minot” AJ) orqali 5490 tamurojaat rasmiylashtirilgan:

2761 ta 50,3 foizi murojaat qanoatlantirilgan;

2334 ta 42,5 foizi murojaat yuzasidan umumiy va xuquqiy tushintirish, ya’ni dastur asosida bajarilishi tushuntirilgan;

60 ta 1,1 foizi murojaat tugatilgan;

335 ta 6,1 foizi murojaat jarayonda bo‘lib, ijro muddatini kutmoqda (15 yoki 30 kunlik muddat).

b) bevosita xokimlik orqali 613 ta murojaat rasmiylashtirilgan bo‘lib:

342 ta 55,8 foizi murojaat qanoatlantirilgan;

271 ta 44,2 foizi murojaat yuzasidan umumiy va xuquqiy tushintirish, ya’ni dastur asosida bajarilishi tushuntirilgan.

2023-yil davomida kelib tushgan 6258 ta murojaatlarlarni hududlar kesimida tahlil etilganda, murojaatlarning asosiy qismi:

“Toshkent suv ta’minoti” MCHJ – 362 ta,

Angren shahar filiali - 363 ta,

Ohangaron shahar filiali - 90 ta,

Chirchiq shahar filiali - 785 ta,

Olmaliq shahar filiali - 405 ta,

Bekobod shahar filiali - 106 ta,

Nurafshon shahar filiali - 153 ta,

Yangiyo‘l shahar filiali - 303 ta,

Yangiyo‘l tuman filiali - 349 ta,

O‘rtachirchiq tuman filiali - 165 ta,

Piskent tuman filiali - 125 ta,

Qibray tuman filiali - 464 ta,

Toshkent tuman filiali - 355 ta,

Bekobod tuman filiali - 229 ta,

Bo‘ka tuman filiali - 270 ta,

Oqqo‘rg‘on tuman filiali - 105 ta,

Ohangaron tuman filiali - 222 ta,

Chinoz tuman filiali - 257 ta,

Quyichirchiq tuman filiali - 88 ta,

Bo‘stonliq tuman filiali - 319 ta,

Parkent tuman filiali - 191 ta,

Yuqorichirchiq tuman filiali - 179 ta,

Zangiota tuman filiali - 373 ta.

v) Tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushgan murojaatlarni mas’uliyat bilan yondashgan holda belgilingan muddatlarda ko‘rib chiqish, muommolarni hal etish va taqroriy murojaatlar kelib tushishini oldini olish choralari ko‘rilib, muammo va masalalarni tezkor hal etish yuzasidan nazorat ishlari joylarda kuchaytirilib, qaror, farmon talablarni buzgan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rilib kelinmoqda. 2023-yil davomida 10 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, barchasi belgilangan muddatlarda o‘z yechimini topgan.

g) Xududlar kesimida mas’ul rahbarlar tomonidan tizimli nazorat yo‘lga qo‘yilmaganligi, faoliyatga nisbatan mas’uliyatsizlik va sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lganligi bugungi kunda murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va ularni uzaytirishning qonuniy talablariga rioya etilishiga, shu bilan bir qatorda rahbar va murojaatga ma’sul xodimga intizomiy chora ko‘rilishiga qaramay tegishli xulosa chiqarilmay, bu o‘z o‘rnida murojaatlarni ko‘rib chiqilishida salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan 2023-yil davomida 46 nafar xodimga nisbatan intizomiy ta’zir chorasi qo‘llanilgan.

d) Jamiyat “1255” qisqa raqami orqali ro‘yxatga olingan murojaatlarning umumiy soni 280 tani tashkil etadi, 256 ta murojaat o‘z yechimini topgan bo‘lib, 20 ta murojaat muddati o‘tgan murojaatlar turiga kiradi va 4 ta murojaat nazoratdagi murojaatlardir.

ye) Tasdiqlangan “Sayyor qabul” reja-jadvali asosida 2023-yil davomida, 22 ta “Sayyor qabul”lar tashkillashtirilib, bevosita direktor tomonidan 11 ta o‘tkazilgan bo‘lib, shundan shahar-tuman filial rahbarlari tomonidan 11 ta “Sayyor qabul” o‘tkazildi.

Rahbariyati tomonidan aholi muammolari o‘rganilmoqda va joylarda o‘z yechimini topmoqda.

Faoliyat yo‘nalishi va tahlil qilib, joylarga chiqib hamda hal etish yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

Bu borada matbuot (axborot) xizmati tomonidan ommaviy axborot vositalarida chiqishlar (Nurafshon, Mahalla telekanallari), va kelib tushayotgan tizimli muammolarni aniqlab, murojaatni o‘rganib rasmiy ijtimoiy tarmoqlar, telegramm kanallari orqali munosabaat bildirilmoqda.

j) “Ijro-gov.uz” “edo.ijro.uz” sayti doimiy ishlash maqsadida “UNICON-SOFT” MCHJ bilan shartnoma imzolanib, tegishli pul mablag‘i o‘tkazilishiga erishilgan. Hozirgi kunda 50 ta ma’sul xodim biriktirilgan bo‘lib, tizim orqali kelib tushgan hujjatlarning umumiy soni 1834 tani tashkil etadi, 1594 ta hujjat o‘z yechimini topgan, 50 ta hujjat yechimi yuzasidan o‘z muddatini kiritilishini kutmoqda, 185 ta xat-hujjatlar muddatidan kech bajarilganlar toifsiga kiradi. shundan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon, bayonlari ijrosi yuzasidan:

- 2021 yil 20 maydagi PQ-5118 son qarori;

- 2022-yil 2-avgustdagi PQ-341son qarori;

- 2022 yil 25 oktyabrdagi PQ-408 son qarori;

- 2022 yil 22 sentyabrdagi 67-son bayoni;

- OTB (ABR) loyixasi 1,2,3 fazalar;

- “Uzsuvta’minot” AJ, viloyat hokimligi topshiriqlari ijrosi;

- 2023-yil 24-oktyabrdagi PQ-343son qarori.h

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i M. ISAMIDDINOV

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat