December 21, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: “O‘zsuvta’minot” AJ Boshqaruv raisining o‘rinbosari amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida Toshkent tumanidagi suv taqsimlash inshootida bo‘ldi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

2023-yil 20-dekabr kuni “O‘zsuvta’minot” AJ Boshqaruv raisining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Shoxruxali Sadillayev Toshkent tumani hududida OTB loyihasi bo‘yicha pudratchi “MESMER-EAST” tashkiloti obyektida ichimlik suvi quvurlarini tortish borasida olib borilayotgan yakuniy ishlar bilan tanishib chiqdi.

Boshqaruv raisining o‘rinbosari loyiha jarayonlarida olib borilayotgan istiqbolli loyihalar hamda qurilish montaj ishlari bilan tanishdi.

Xususan, suv taqsimlash inshootlardagi Daniya davlatidan keltirilgan suv nasos agregatlari ko‘zdan kechirildi.

Ushbu loyiha 32 ta MFY aholisiga doimiy ichimlik suvi yetkazib berilishi rejaga muvofiq ko‘zda tutilgan.

“O‘zsuvta'minot” AJ Boshqaruv raisining o‘rinbosari tomonidan pudratchi “Mesmir” tashkiloti va tegishli mutaxassislarga ishlarni jadallashtirish yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat