“Toshkent suv taʼminoti”: Chirchiq shahar bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan “Madaniyat” MFYdagi oltita (6 ta) maxsus kanalizatsiya quduqlari tozalandi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
2023-yil 6-iyul kuni soat taxminan 10:20da “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ Chirchiq shahar bo‘limining dispetcherlik xizmati ☎️ (70) 717-01-60; 717-11-04; 717-19-96 ga “Madaniyat” MFYda istiqomat qiluvchi Fuqaro Q. R. tomonidan “Madaniyat” MFYning kanalizatsiya tarmoqlarida nosozligi bo‘yicha murojaat kelib tushgan.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Chirchiq shahar bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan joyiga chiqilib, o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, oltita (6 ta) maxsus kanalizatsiya quduqlari aholi ehtiyojlari uchun ishlatilgan chiqindilar bilan tiqilganligi maʼlum bo‘ldi.
Chirchiq shahar bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, xususan, 6-7-iyul kunlari oltita (6 ta) maxsus kanalizatsiya quduqlari tozalanib, muammo bartaraf etildi.