“Toshkent suv taʼminoti”: Yangiyo‘l tumani Yangiyo‘l va “Epkendi” mahalla fuqarolar yig‘inlari toza ichimlik suv bilan ta’minlandi (Foto+video)
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-maydagi “Toshkent viloyatida tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5118-son Qaroriga asosan 17 mln AQSh dollari mablag‘i hisobidan jami 446,9 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda 41 ta suv inshootlarini qurish va rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda, qurilish pudrat tashkilotlari tomonidan jami 264,1 km uzunlikda ichimlik va oqava suv quvurlari va 16 dona suv quduqlarini qazish ishlari amalga oshirilgan.
Yangiyo‘l tumanining Yangiyo‘l va “Epkendi” MFYlarga ichimlik suv tarmog‘i tortilib, 560 tadan ortiq xonadonga suv yetib bordi:
Yangiyo‘l MFY
– 140 ta xonadonga hisoblagich o‘rnatildi;
– 280 tadan ziyod xonadonlarga suv yetib bordi.
“Epkendi” MFY
– 280 tadan ziyod xonadonlarga suv yetib bordi.
Ma’lumot uchun, qurilish ishlarini “Yashin qurilish obod” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan.
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.