“Toshkent suv ta’minoti”: Bekobod tumani Toshkent-Bekobod avtomabil magistral yo‘li yoqasi bo‘ylab yotqizilgan diametri Ø800 mm ichimlik suv quvuri ta’mirlandi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv ta'minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati Bekobod shahar filialiga “3-suv olish inshooti”dan Bekobod shahriga keladigan diametri Ø800 mm ichimlik suv quvurning Bekobod tumani Toshkent-Bekobod avtomabil magistral yo‘li yoqasi bo‘ylab yotqizilgan qismida avariya holati tegishli tartibda murojaat kelib tushgan.
“Toshkent suv ta'minoti” MCHJ Bekobod shahar filiali nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan mazkur murojaat joyiga chiqilib, o‘rganildi.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirigʼiga binoan, shahar va tumanlarda mavjud suv quvurlarni tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bekobod shahar filiali nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, xususan:
Bekobod tumani Toshkent-Bekobod avtomabil magistral yo‘li yoqasi bo‘ylab yotqizilgan diametri Ø800 mm li ichimlik suv quvuri ta’mirlandi.
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat