June 13
“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: Zangiota tumanining “2-suv ko‘tarish” inshootiga zamonaviy elektr tejamkor avtomatlashtirilgan nasos agregati o‘rnatildi (Foto+video)
Bosh sahifa | Русский язык
Zangiota tumanining “2-suv ko‘tarish” suv olish inshootida 3 dona vertikal CDL 85/41 nasos agregati o‘rnatildi.
“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ direktori topshirigʼiga binoan, shahar va tumanlarda mavjud nasos agregatlarning faoliyatini tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu vertikal CDL 85/41 nasos agregati soatiga 15 kVt da ishlaydi.
“2-suv ko‘tarish” suv olish inshooti 1967-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, kuniga 1580 kub metr suv ishlab chiqariladi.
Hozirgi kunda “Fayz”, “Kengkichik” “Turkiston” 2000 tadan ortiq xonadonga ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda.
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Axborot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat