O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-iyuldagi 459–F-sonli Farmoyishini ijrosini ta’minlash doirasida “Toshkent suv ta’minoti” MChJning shahar va tumanlarida olib borilayotgan ishlar yuzasidan (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, “Toshkent suv taʼminoti” MChJ hamda uning shahar va tuman bo‘limlari tomonidan 2023-yil 30-iyuldan 30-avgustgacha “Obodonlashtirish oyligi” o‘tkazilmoqda.
Bugungi kunda belgilangan tadbirlar doirasida 22 ta shahar va tuman suv ta’minoti filiallariga qarashli oqova hamda suv inshootlari egallab turgan yer maydonlari obodonlashtirilib, tartibga keltirilmoqda. Ushbu oqova va suv inshootlaridagi bino-inshootlarning fasad hamda ichki qismlarida pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, tadbirlar doirasida 46 ta ichki yoritish tizimi ta'mirlanib, 9000 dan ortiq daraxtlarni oqlash va shakl berilib, 6 216 km ichki ariqlar va meliorativ kollektorlar tozalanib, atroflari obodonlashtirildi.