May 31, 2024

“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: ishchi guruh tomonidan “Chinor suv taqsimlash” inshootini qayta ta’mirlash bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

Kuni kecha, “Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik suv ta’minotini qurish va qayta ta’mirlash (faza-2)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan, 4-paket Chinor suv taqsimlash inshootinida (URV-Chinor) rekonstruksiya ishlari yuzasidan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Qurilish va investitsiya masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Eshpulatov, Jamiyatning Zangiota tumani filiali qurilish bo‘yicha muhandisi, “KOMMUNALLITI” DM T. Alimboyev, “EPTISA” Texnik nazoratchi tashkiloti yetakchisi F.Murad Songur, Texnik nazoratchisi I.Axmedov va boshqa korxona rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish Jamiyatning qurilish va investitsiya masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Eshpulatov boshchilishida qurilish obyektida olib borilayotgan ishlarni tanqidiy va tahliliy ko‘rinishda yig‘ilish olib borildi,

Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

– OOO “Polimer Partners” zavodida ishlab chiqarilgan suv hisoblagichlari;

– suv hisoblagich polimer yashiklari xajm jihatidan kichikligi sababli tasdiqlanmadi;

– og‘ir chugun lyuklarni kolodetslarni ustki qismidagi yopish plitalari bilan birgalikda GOST bo‘yicha zavodda quydirish.

Shuningdek, Qurilish montaj ishlarini jadallashtirish maqsadida, Viloyat Avtoyul boshqarmasi hamda Yangiyul va Zangiota tumanlari Obodonlashtirish boshqarmalarining texnik shartlarini inobatga olgan holda yopiq usulda burg‘ilash yo‘li bilan mo‘ljallangan qo‘chalarda quvurlarni yotqizish ishlarini qayta hisoblab, konsultant va buyurtmachiga taqdim etib, tegishli tartibda tasdiqlab olish va boshqa masalalar kelishib olindi.

FOTOLAVHALAR

VIDЕOLAVHA

“Toshkent viloyati suv taʼminoti”AJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat