“Toshkent suv taʼminoti”: O‘rta Chirchiq tumani “Nomdanak” MFYda ESV 8-25-100 nasos agregatiga almashtirildi va 237 ta xonadon egalari toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi (Foto+video)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga O‘rta Chirchiq tumani “Nomdanak” MFY Nomdanak va Hurriyat ko‘chalarida istiqomat qiluvchi xonadon egalaridan tegishli tartibda murojaat kelib tushgan.
Xususan, Nomdanak va Hurriyat ko‘chalarida ichimlik suvi ayrim xonadonlarga yetib bormayotganligi bayon qilingan.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminov tomonidan yuqorida qayd etilgan muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish va kelgusida bunday holatlar qayta takrorlanmasligi va ularning oldini olish maqsadida tegishli masʼul rahbar va xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.
Masʼuliyati cheklangan jamiyatining maʼsul xodimlari va tuman ishchi-xodimlari bilan joyiga chiqib murojaatchilar bilan uchrashib vaziyat o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, ayni paytda ishlab turgan ETsV 6-10-90 nasos agregati quvvati Nomdanak va Hurriyat ko‘chalarida suv sarfi oshganligi sababli, ayrim xonadonga yetib bormayotganligi aniqlandi.
Biriktirilgan mutaxassislar tomonidan vaziyatni ijobiy hal etish maqsadida, ETsV 6-10-90 nasos agregatini ETsV 8-25-100 nasos agregatiga almashtirildi.
Hozirda “Nomdanak” MFY Nomdanak va Hurriyat ko‘chalarida istiqomat qiluvchi 237 ta xonadon egalari toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.