May 24, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Аngren shahar “Yoshlik“ MFY Qorabogʼsoy ko‘chasida diametri Ø500 mm li suv quvuri taʼmirlandi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Аngren shahar bo‘limining dispetcherlik xizmati ☎️ 998 70 66 5-08-60 ga “Yoshlik“ MFY Qorabog‘soy ko‘chasida suv quvuri nosozligi bo‘yicha maʼlumot 2023-yil 21-maydan kelib tushgan.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Аngren shahar bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan joyiga chiqilib, o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Qorabog‘soy ko‘chasida diametri Ø500 mm li suv quvuri eski holatga kelib qolganligi sababli, yoriq paydo bo‘lib, suv oqishda davom etgan.

Аngren shahar bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, xususan, 24-may kuni quvurdagi suv butunlay to‘xtagandan so‘ng, maxsus uskunalar bilan diametri Ø500 mm bo‘lgan suv quvuri yorig‘i taʼmirlandi.

ESLАTMА: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan, ular ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati