“Toshkent suv taʼminoti”: Bo‘stonliq tumanida ichimlik suv va oqova tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarni aniqlash va ularni kelgusida yo‘l qo‘yilishining oldini olishga qaratilgan nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazildi (Foto+video)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirig‘iga ko‘ra, ichimlik suv va oqova tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarni aniqlash va ularni kelgusida yo‘l qo‘yilishining oldini olishga qaratilgan nazorat-reyd tadbirlari davom etmoqda.
Navbatdagi o‘rganishlar, Аbonetlar xizmati bo‘limi va hududiy inspeksiyasi hamkorligida tashkillashtirilgan ishchi guruh tomonidan Bo‘stonliq tumanida jismoniy va yuridik shaxslarning toza ichimlik suvidan foydalanish, suv tarmog‘iga noqonuniy ulanish bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
Quyidagi yuridik va jismoniy shaxslarlarda toza ichimlik suvidan foydalanish, suv tarmog‘iga noqonuniy ulanishlar aniqlandi:
yuridik shaxslar – yakka tartibdagi tadbirkor G. Qudratullayeva tomonidan ikki tomonlama shartnoma tuzilmasdan diametri Ø15 suv quvuri noqonuniy ulanib, toza ichimlik suvidan foydalanib kelingan.
2023-yil 27-fevralda 1 ta ogohlantirish berilgan bo‘lib, summa 7 533 690 ming (etti million besh yuz o‘ttiz uch ming olti yuz to‘qson so‘m);
– “YASMINAXON BIZNES” MChJ tomonidan ikki tomonlama shartnoma tuzilmasdan diametri Ø15 suv quvuri noqonuniy ulanib, toza ichimlik suvidan foydalanib kelingan.
2023-yil 14-aprelda 1 ta ogohlantirish berilgan bo‘lib, summa 7 340 331 ming(eti million uch yuz qirq ming uch yuz o‘ttiz bir so‘m) so‘mlik kamomadlar aniqlandi.
jismoniy shaxslar – “PARGOS” MFY 16-uy xonadon Dildora Murodova 2023-yil 09-aprelda ogohlantirish berilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar qarzdorlik 3 822 000 ming (uch million sakkiz yuz yigirma ikki ming so‘m);
– “PARGOS” MFY 85-uy xonadon Azimbay Ashtayev 2023-yil 23-fevralda ogohlantirish berilgan bo‘lib, hisobdon o‘rnatgunga qadar qolib ketgan qarzdorlik 2 026 000 ming (ikk million yigirma oltti ming) so‘mni tashkil qilmoqda.
Reyd tadbirlarda noqonuniy ulanmalar aniqlanib, tarmoqdan uzildi hamda qonun buzilish holatlari yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
ESLАTMА: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan, ular ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foizoldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Apelsin kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.