September 8, 2023

“Toshkent suv ta’minoti”: 2023–2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, betalofat o‘tkazish uchun o‘quv mashqlari boshlandi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kommunal soha tashkilotlarining 2023/2024-yillar kuz-qish mavsumiga barqarorligini o‘quv mashqi o‘tkazish orqali baholash yuzasidan topshiriqlari ijrosini, shuningdek, 2023-yil 26-avgustdagi “Toshkent viloyatida 2023–2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, betalofat o‘tkazish, energetika hamda gaz tizimini barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarida elektr energiyasi va gaz resurslarini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 270-10-0-F/23-son farmoyishiga asosan, Toshkent viloyatining elektr, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta’minoti korxonalarida (idora va tashkilotlarida) kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va zararni kamaytirish borasida 2023-yil 5-20-sentabr kunlari amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi belgilangan.

Yuqoridagi farmoyishni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 8-sentabr kuni Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani “Istiqlol” mahallasi “Bog‘bon” ko‘chasida joylashgan “O‘zbekiston paxta tozalash korxonasi” hududida kommunal tizimlari (elektr, gaz, issiqlik energiyasi, ichimlik suvi)da yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik avariya va nosozliklarning oldini olish, yuzaga kelganda tezkor bartaraf etish hamda jangavorlikni oshirish maqsadida, viloyatning yig‘ma mexanizatsiya otryadining (FVDqT xizmatining kuch vositalari) maxsus muhandislik texnikalari (yuk tashuvchi, yuk ortuvchi, kran, ekskavator, buldozer), hamda kommunal xo‘jaligi korxonalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha zahira materiallari (nimstansiya, transformator, kabel va havo tarmoqlari va h.o.) to‘plamlarining saf ko‘rigi namoyishi o‘tkaziladi.

Ushbu tadbirga “Toshkent suv ta’minoti” MCHJning 5 dona avariya tiklash avtomashinasi, 3 dona maxsus suv tashuvchi avtomashinalari, 3 dona muhandislik texnikasi (ekskavator), 1 dona Kamaz KO avtomashinasi va 25 nafar avariya tiklash brigadalari xodimlari kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini bartaraf etishga zarur bo‘lgan asbob-anjomlar va materiallar zaxirasi bilan jalb etildi.

Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqining birinchi bosqichi – saf ko‘rigi o‘tkazilib, ularning asbob-anjomlar bilan ta’minlanganlik darajasi tekshirildi hamda vaziyat bo‘yicha kerakli topshiriqlar berildi.

Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqining ikkinchi bosqichi – Yuqorichirchiq tumani, “Qorasuv” MFY, Xushobod mahallasida diametri Ø300 mmli magistral suv quvuridan suv sizib chiqishi natijasida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan holatda avariyani bartaraf etish jarayoni amaliy mashg‘ulotda ko‘rsatib berildi.

Navbatdagi bosqich davomida “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ Angren shahar filialida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan Angren shahar “Mustaqillik” MFY Bunyodkor ko‘chasi 3- va 5-uylar oralig‘ida joylashgan diametri Ø100 ichimlik suvi quvurida sodir bo‘lgan avariya holatini bartaraf etish va ichimlik suvi ta’minotini tiklash jarayoni bo‘yicha amaliy o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Avariya holatini bartaraf etish uchun filialning 4 dona texnika ( 1 dona Foton, 2 dona Isuzu, avariya tiklash avtomashinalari, DOOSAN maxsus texnika ekskavator) va 6 nafar avariya tiklash brigadasi ishchi-xodimlari jalb qilindi.

O‘kuv mashqi jarayonida ko‘rsatilgan manzildagi ichimlik suvi quvurlari payvandlanib, ichimlik suvi ta’minoti tiklandi.

Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqida sodir bo‘lgan avariya holatlarini bartaraf etish yuzasidan berilgan vazifalarni Jamiyatning nosozlikni bartaraf etish guruhi tezkorlik bilan sifatli bajarildi.

O‘quv mashqining nazariy qismida mashq yakuni bo‘yicha barcha ishtirokchilar yig‘ilib, o‘quv mashqining yutuq va kamchiliklari bo‘yicha izoh berdi.

FOTOLAVHALAR

Toshkent suv taʼminoti” МЧЖ Матбуот хизмати

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat