June 9, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Bekobod shahar 3- suv olish inshootida diametri Ø800 mm li polietilen suv quvuri taʼmirlandi (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-maydagi PQ–5118-sonli va 2022-yil 25-oktabrdagi PQ–408 sonli Qarorlariga asosan “Do‘stlik”va “Yoshlik” MFYlarida ichimlik suv tarmog‘ini rekonstruktsiya qilish, yangi tortilgan ichimlik suv tarmoqlarida ulash hamda, rejalashtirilgan magistral ichimlik suv tarmoqlarini joriy taʼmirlash maqsadida, 2023-yil 6-7-iyun kunlari Bekobod shahrining ichimlik suvi bilan taʼminlovchi 3- suv olish inshooti taʼmirlandi.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirig‘iga binoan, shahar va tumanlarda mavjud suv quvurlarni tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, 3- suv olish inshootidagi diametri Ø800 mm li poleteli magistral ichimlik suv quvuri taʼmirlandi.

Maʼlumot uchun, 3- suv olish inshootida taʼmirlash jarayonida shaharning 11;-12;-13;-14;-15;-80;-81;-64;-65-dahalarida, “Yangi hayot”, “Metallurg”, “Muqumiy” MFYlarida vaqtincha suv taʼminoti to‘xtatilgan.

ESLАTMА: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan, ular ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati