“Toshkent suv taʼminoti”:“Toshkent viloyati shahar va tumanlarining ichimlik suv va oqova suv tizimlarini qurish, rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasi bo‘yicha 3 ta faza doirasida olib borilayotgan ishlar borasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Kuni kecha, “Toshkent suv ta'minoti” MCHJ binosining katta majlislar zalida O‘zbekiston Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ–2818-sonli Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent viloyati shahar va tumanlarining ichimlik suv va oqova suv tizimlarini qurish, rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, MCHJ mas’ul xodimlari va loyihaning bosh pudratchilari bilan 3 ta faza doirasida olib borilayotgan ishlar borasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish boshida loyiha bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar:
– 392 000 kub metr sutka quvvatli oqova suv tozalash inshootlari qurish
va rekonstruksiya qilish;
– 10 ta oqova suv nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish;
– 351,8 km oqova suv kollektorlari va tarmoqlarini qurish
va rekonstruksiya qilish;
– 50 ming dona ultratovush suv hisoblagichlarni o‘rnatish;
– 23,5 ming dona lokal sanitar-septiklar o‘rnatish;
– 1 032 ta ultra tovush suv hisoblagichlarni o‘rnatish kabilarni ko‘rib chiqishdi.
Shundan so‘ng bajarilgan ishlar muhokama qilindi:
– Tender savdolari yakuni bo‘yicha jami 83,0 mln dollarga teng 6 ta shartnoma imzolangan;
– Loyiha boshidan 26,9 mln dollar (17%) qarz mablag‘lari o‘zlashtirildi;
– 155,7 mln dollarlik 14 ta paket bo‘yicha tender hujjatlari tayyorlandi.
– Sanitar septiklarni o‘rnatishpaketi bo‘yicha tender hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
– 76,3 mln dollarlik 12 ta paket bo‘yicha tender hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
– Umumiy quvvati 392 000 kub metr/sutka bo‘lgan 5 ta oqova suv tozalash inshootlarini loyihalashtirish ishlari olib borilmoqda.
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Toshkent viloyati shahar va tumanlarining ichimlik suv va oqova suv tizimlarini qurish, rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasida 103 ta MFYda 352 ming aholi oqova suv xizmatlari bilan ta’minlanadi.
Qurilish ishlari qiymati Chirchiq, Yangiyo‘l, Bekobod, Olmaliq, Angren shaharlar va Chinoz tumanida 157,5 mln dollarlik 7 ta paket doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.
1-paket. 1-lot. Bekobod shahar oqova suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish.
Pudratchi – "ALKATAS INSAAT VE TAAHHUT A.S." kompaniyasi (Turkiya). Shartnoma qiymati 15,0 mln dollar.
Bugungi kunda 60 000 kub metr/sutka quvvatli oqova suv tozalash inshootining loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
2-lot. Olmaliq shahar oqova suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish.
Pudratchi – "ALKATAS INSAAT VE TAAHHUT A.S." kompaniyasi (Turkiya). Shartnoma qiymati 19,8 mln dollar.
Bugungi kunda 100 000 kub metr/sutka quvvatli oqova suv tozalash inshootining loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
3-lot. Angren shahar oqova suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish.
Pudratchi – "MESMER-EAST" MCHJ (O‘zbekiston) "ALKATAS INSAAT VE TAAHHUT A.S." kompaniyasi (Turkiya).
Shartnoma qiymati 18,4 mlndollar.
Bugungi kunda 100 000 kub metr/sutka quvvatli oqova suv tozalash inshootining loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
2-paket. 1-lot. Chinoz shahar oqova suv tozalash inshootini qurish.
Pudratchi – "KUZU TOPLU KONUT INSAAT ANONIM SIRKETI" (Turkiya).
Shartnoma qiymati 3,9 mlndollar.
Bugungi kunda 2 000 kub metr/sutka quvvatli oqova suv tozalash inshootining loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
2-lot. Chirchiq shahar oqova suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish.
Pudratchi – "MESMER-EAST" MCHJ (O‘zbekiston) "ALKATAS INSAAT VE TAAHHUT A.S." kompaniyasi (Turkiya).
Shartnoma qiymati 22,2 mlndollar.
Bugungi kunda 130 000 kub metr/sutka quvvatli oqova suv tozalash inshootining loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
3-paket. Yangiyo‘l va Chinoz tumanlarida oqova suv tizimini qurish va rekonstruksiya qilish.
Pudratchi – "A.S Insaat and Buxoro Maxsus Suv Qurilish LLC" QK (Ozarbajon - O‘zbekiston).
Shartnoma qiymati 15,2 mlndollar.
Loyiha doirasida 92,9 km (Ø160-500mm) oqova suvtarmog‘iva 5 ta oqova suv nasosstansiyasi qurish va rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.
4-paket. Angren va Ohangaron shaharlarida oqova suv tizimini qurish va rekonstruksiya qilish.
Paket qiymati – 18,5 mln dollar.
Paket doirasida 133,6 km oqova suv tarmog‘ini tortish ko‘zda tutilgan.
2022-yil 15-iyulda tenderga e’lon berilgan bo‘lib, baholash hisobotini kelishish ishlari olib borilmoqda.
5-paket. Bekobod va Olmaliq shaharlarida oqova suv tizimini qurish va rekonstruksiya qilish.
Pudratchi – "T.T. Inshaat LLC" kompaniyasi (Ozarbajon).
Paket qiymati – 14,6 mln dollar.
Paket doirasida 3 ta oqova suv nasos stansiyasi va 97,0 kmoqova suv tarmog‘ini qurish va rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda mobilizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.
6-paket. Chirchiq shahar oqova suv tizimini qurish va rekonstruksiya qilish.
Paket qiymati – 10,7 mln dollar.
Paket doirasida 2 ta oqova suv nasos stansiyasi va 28,8 km (Ø160-800 mm) oqova suv tarmog‘ini qurish ko‘zda tutilgan.
7-paket. Yangiyo‘l va Chinoz tumanlarida oqova suv lokal sanitar tizimini qurish.
Paket qiymati – 16,0 mln dollar.
Paket doirasida 23 500 ta mahalliy sanitar septiklarni o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda tender hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
Kredit qiymati: 161,0 mln doll.
Amalga oshirish muddati: 2022–2027-yy (5 yil).
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat