April 30

“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: Bekobod shahrining “Sementchi” MFY va Temir yo‘lchi ko‘chasiga ichimlik suv quvuri yotqizilmoqda (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ va Bekobod shahar hokimligi tashabbuslari bilan “Sementchi” MFY va Temir yo‘lchi ko‘chasiga ichimlik suv quvuri yotqizilmoqda.

Xususan, “Sementchi” MFYga ichimlik suv uchun diametri Ø110mm li polietilen trubadan 302 m hamda Temir yo‘lchi ko‘chasiga diametri Ø75 mm li polietilen trubadan 100 m tortish ishlari olib borilmoqda.

ESLАTMА!!!

Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!

Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat