April 25

“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: Bayram munosabati bilan bir guruh xodimlar “Kommunal soha a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

18 aprel – “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” munosabati bilan “Toshkent viloyati suv ta'minoti” AJning mas’ul xodimi tomonidan bir guruh xodimlarni “Kommunal soha a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

O‘tgan davr mobaynida kommunal sohaning barcha yo‘nalishlarida, shu jumladan, aholining ichimlik suvi ta’minotini tubdan yaxshilash borasida ulkan natijalarga erishilganini va bunda sohada mehnat qilayotgan har bir xodimning hissasi beqiyos ekanligi alohida ta’kidlandi.

Sir emas, har bir faslda suvi ta’minoti xodimlarining salohiyati, faoliyatiga bo‘lgan sadoqati, sabri va matonati sinaladi.

Har qanday havo sharoitida u xoh erkak xodim bo‘lsin, xoh ayol tunni tun, kunni kun demay ishlaydi. Shu jasorat egalaridan minnatdor bo‘lishimiz darkor.

Bir so‘z bilan aytganda, sermashaqqat kasbu kor bilan jamiyatda munosib o‘rin topayotgan soha xodimlari faoliyati alohida e’tirofga sazovordir.

Jamiyatda quyidagilar taqdirlanishdi:

“Kommunal soha a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan xodimlar ro‘yxati

Faxriy yorliq bilan taqdirlangan xodimlar ro‘yxati

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Axborot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat