“Toshkent suv ta’minoti” MCHJ ishchi guruhi tomonidan Chirchiq shahar “Navro‘z” MFY, Gagarin ko‘chasi 10-xonadonda istiqomat qiluvchi Fuqaro murojaati o‘rganilib chiqildi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Toshkent viloyati Prokuraturasining 2023-yil 12-avgustdagi 10.2/23-sonli talabnomasiga hamda “Toshkent suv ta'minoti” MCHJning 2023-yil 14-avgustdagi 463/K-sonli buyrug‘iga asosan fuqaro Teyfikov Darvin Narimonovichning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Fuqaro Teyfikov Darvin Narimonovich o‘z murojaatida Toshkent viloyati Chirchiq shahar “Navro‘z” MFY, Gagarin ko‘chasi 10-xonadonda yashashi va “Toshkent suv ta'minoti” MCHJ Chirchiq shahar filiali mas’ul xodimlarining xatti-harakatlari hamda faoliyatidan noroziligi bildirgan.
Uning e’tiroziga ko‘ra, “Toshkent suv ta'minoti” MCHJ Chirchiq shahar filiali mas’ul xodimlari uning muammosini hal etmasdan murojaatchi ishtirokisiz muammoni yopib yuborishi ta’kidlab o‘tilgan.
Ushbu holat bo‘yicha “Toshkent suv ta'minoti” MCHJ direktori No‘mon Aminovning topshirig‘iga binoan, ishchi guruh tuzilib, tezkorlik bilan Chirchiq shahar filiali hamda murojaat xatida keltirib o‘tilgan manzilda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida “Toshkent suv ta'minoti” MCHJ Chirchiq shahar filiali 2020-yildan 2023-yilgacha mavjud murojaatlar qayd etish jurnallaridagi yuqorida keltirilgan fuqaro murojaatlari qayd etilishi va murojaatga yo‘llangan javob xatlari mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
Shu bilan birgalikda, murojaatchi tomonidan asosiy e’tiroz sifаtida keltirilgan Chirchiq shahar “Navro‘z” MFY, Gagarin ko‘chasidagi aholining oqova suv xizmati bo‘yicha “Toshkent suv ta'minoti” MCHJ Chirchiq shahar filiali mas’ul ishchi-xodimlari, MFY raisi, hokim yordamchisi ushbu ko‘chada yashovchi fuqarolar bilan birgalikda hamda 10-xonadonda yashovchi murojaat muallifi Teyfikov Darvin Narimonovich va uning oila a’zolari ishtirokida murojaat o‘rganilganda quyidagilar aniqlandi:
Hozirgi kunda mavjud Gagarin ko‘chasidan o‘tgan diametri Ø100 mm. li oqova suv tarmog‘i Sovet Ittifoqi davri(SSSR)da shu ko‘chada yashovchi fuqarolar tomonidan yotqizilgan va hozirgi kundagi “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ Chirchiq shahar filiali tassarufida bo‘lgan diametri Ø300 mm. li asosiy oqova suv quvuriga ulangan. Yotqizilgan ichki tarmoq esa hozirgi kunga qadar mahalla balansida qolib ketgan.
Biroq Chirchiq shahar filiali quvurda muammo kuzatilsa, tozalash ishlari olib borishini bildirmoqda. Ushbu oqova suv quvuriga o‘sha davrlardan buyon aholi ulangan bo‘lib, faqatgina 12-xonadonda yashovchi fuqaro Karimov Albert 1997-yillar oralig‘ida ulanganligi mahalla fuqarolari tomonidan ta’kidlab o‘tildi.
Chirchiq shahar filiali “Markaziy iste’molchilar” bo‘limidagi ma’lumotlar bazasi ko‘zdan kechirilganda ushbu fuqaroga 2012-yildan buyon ichimlik va oqova suvga to‘lov qilib kelayotganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, ushbu ko‘chadagi 14-xonadonda yashovchi fuqaro Yunusova Aliye 2020-yilda “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ Chirchiq shahar filialidan texnik shart olgan holda ulangan. “Texnik shart” mazmunida ichki ko‘chadagi diametri Ø100mm. li oqova suv tarmog‘i Chirchiq shahar filiali tassarufida bo‘lmaganligi tufayli ulanishdan oldin qo‘shnilar bilan kelishish kerakligi ta’kidlab o‘tilgan.
Fuqaro Yunusova Aliye 2020-yilda yon devoridagi qo‘shnisi 12-xonadonda yashovchi fuqaro Karimov Albertdan va qolgan xonadon egalaridan og‘zaki ruxsat so‘ragan holda ulash ishlarini amalga oshirgan. Faqatgina 10-xonadonda yashovchi murojaat muallifi Teyfikov Darvin Narimonovichdan ruxsat olinmaganligi aniqlandi.
Shundan so‘ng, murojaatchi 2020-yildan hozirgi kunga qadar 12 va 14-xonadonda yashovchi fuqarolarni ya’ni qo‘shnilaridan norozi kayfiyatda ekanligi, ularning shu ko‘chadan o‘tgan diametri Ø100 mm. li oqova suv tarmog‘iga ulanishlarini noqonuniy va oqova suvdan uzish kerakligini talab qilib kelmoqda.
Biroq, uning oila a’zolaridan biri tug‘ishgan opasi Teyfikova Zarime
12 va 14-xonadonda yashovchi fuqarolarni oqova suvdan foydalanishiga qarshi emasligini ta’kidlab kelmoqda.
Bundan tashqari, mahalla raisi boshchiligida 2023-yilning mart oyida qo‘shnilar tomonidan dalolatnoma tuzilib, ushbu dalolatnomada 14-xonadonda yashovchi fuqaro Yunusova Aliyeni oqova suvga ulanganligi bo‘yicha hech qanday e’tirozlari yo‘qligini bildirib o‘tilgan.
Murojaatchi Teyfikov Darvin Narimonovich tomonidan esa dalolatnomaga imzo chekilmagan va e’tiroz bildirishda davom etilgan.
Yuqoridagi o‘rganishlardan kelib chiqib, ishchi guruh a’zolari “Toshkent suv ta'minoti” MCHJ ICHTB oqova suv bo‘yicha mutaxassisi, “Toshkent suv ta'minoti” MCHJ Chirchiq shahar filiali ishchi-xodimlari, “Navro‘z” MFY raisi, hokim yordamchisi, ko‘cha boshchisi, 10-xonadonda yashovchi murojaat muallifi opasi hamda hududdagi fuqarolar bilan birgalikda dalolatnoma shakllantirilib, murojaatchi Teyfikov Darvin Narimonovichga 12 va 14-xonadonni oqova suvdan uzish lozimligi xaqidagi e’tirozlari noto‘g‘ri ekanligi, ushbu holat “iste’molchilar huquqlari” buzilishiga olib kelishi hamda qo‘shnilar orasida norozilik kelib chiqishi, ziddiyatga sababchi bo‘lmaslik haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Ushbu tushuntirish ishlariga qaramasdan murojaatchi Teyfikov Darvin Narimonovich dalolatnomaga imzo chekmasdan, e’tiroz bildirdi.
Ishchi gurux a’zolari tomonidan murojaat muallifiga 12 va 14-xonadonda yashovchi qo‘shnilari bilan shaxsiy adovati bo‘lsa, ma’lumot o‘rnida fuqarolik sudiga murojaat etish huquqlari borligi tushuntirildi.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat