September 4, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Ohangaron shahrida ichimlik suvga ulanish va kelgusida aniqlangan kamomadni elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi targ‘ibot ishlari olib borildi (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv ta'minoti” MChJ va uning shahar va tuman filiallari tomonidan iste'molchilar orasida to‘lov intizomini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib bormoqda.

Abonetlar xizmati bo‘limi va hududiy inspektsiyasi hamkorligida tashkillashtirilgan ishchi guruh tomonidan Ohangaron shahrida jismoniy shaxslarning ichimlik suvga ulanish va kelgusida aniqlangan kamomadini elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish bo‘yicha wgcraft.uztelecom.uz Billing bazasi oraqali onlayn tarzda ko‘rsatib berildi.

JAMI Abonent soni – 12 576

JAMI Debitorka – 3 797 477 425

Aholi abonent soni – 12 064 ta

Debitorka – 1 253 220 264

Yuridik soni – 512 ta

Debitorka – 2 544 257 161

Xususan, Nug‘oyqo‘rg‘on mahalla Munchok-tepa ko‘chasi 80-xonadon Atxam Mamatovniing ichimlik va oqova uchun 4 576 735.90 so‘m debitor qarzdorlik mavjud. Ushbu ist’emolchining qarzdorligi yuzasidan fuqarolik sudiga hujjatlari taqdim etilgan bo‘lib, mavjud bo‘lgan qarzdorlikni o‘z muddatida to‘lanishi bo‘yicha tushuncha berib o‘tildi.

Nug‘oyqo‘rg‘on mahalla No‘g‘oy-qo‘rg‘on ko‘chasi 44-xonadon FAYZIYEV KAMRONBEK YUSUF O‘G‘LIniing ichimlik va oqova uchun 3 502 308.68 so‘m debitor qarzdorlik mavjud bo‘lib, ushbu qarzdorlik ist’emolchiga tushuntirish ishlari olib borilgandan so‘ng qisman 2 000 000 so‘m Click UP ilovasi orqali to‘lovi amalga oshirdi.

Nug‘oy qo‘rg‘on mahalla "No‘g‘oy-Qo‘rg‘on Yangi- Avlod" ko‘chasi 130-xonadon iste’molchisi ERGASHЕV BAXODIRniing ichimlik va oqova uchun 650 000 so‘m debitor qarzdorlik mavjud bo‘lib, ushbu qarzdorlik ist’emolchiga tushuntirish ishlari olib borilgandan so‘ng 650 000 so‘m Paynet ilovasi orqali to‘lovi amalga oshirdi.

Yoshlik mahalla Tinchlik ko‘chasi 9-xonadon iste’molchisi XAKIMOV RUSTAM XXXniing ichimlik suvi uchun 1 891 389.84 so‘m debitor qarzdorlik mavjud. Ushbu ist’emolchiga bir necha bor ogohlantirish xatlari berilishiga qaramay to‘lov amalga oshirilmaganligi aniqlanib, ichimlik suv tarmog‘i tamg‘alanib dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Mustaqillik mahalla 4-k/n 1A-uy 17-xonadon iste’molchisi Abilova Dilfuzaniing ichimlik va oqova uchun 1 468 353.90 so‘m debitor qarzdorlik mavjud. Ushbu ist’emolchiga bir necha bor ogohlantirish xatlari berilishiga qaramay to‘lov amalga oshirilmagan.

ESLАTMА: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan, ular ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foizoldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Apelsin kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat