“Toshkent suv taʼminoti”: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–2818-sonli Qaroriga muvofiq, Toshkent tumaning 2- va 3- sonli suv taqsimlash inshootlari qurilmoqda (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-martdagi PQ–2818-sonli Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruktsiya qilish va qurish (1-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror ijrosini taʼmilash maqsadida, Toshkent tumaning 2- va 3- sonli suv taqsimlash inshootlari hamda aholiga yetkazib beriladigan suv tarmoqlarini tortish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, URV-3 rezervuarlar 2x1500 kub metr geotekstil qoplama va sheben to‘shalmasi qoplash ishlari olib borilmoqda.
“MESMER-EAST” MChJ bosh pudratchi tashkiloti tomonidan Toshkent tumaning 2- va 3- sonli suv taqsimlash inshootlari hamda aholiga yetkazib beriladigan suv tarmoqlari tortish ishlarini olib bormoqda.
Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruktsiya qilish va qurish (1-bosqich)” loyihasi 2024-yil 31-dekabr kuni yakuniga yetadi.
Maʼlumot uchun, “Toshkent viloyati shahar va tumanlarida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini qurish va qayta taʼmirlash (Faza 1)” loyihasini amalga oshirish doirasida, OTB qarzi hisobiga olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va maxsus transport vositalari qo‘shilgan qiymat solig‘idan, davlat maqsadli jamg‘armalariga (pensiya jamg‘armasidan tashqari) majburiy ajratmalar va yig‘imlar to‘lashdan ozod qilingan. (PQ-72, 238-band 3-ilova)