February 3

“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlangani yuzasidan RASMIY BAYONOT

Bosh sahifa | Русский язык

O‘tgan besh yilda Toshkent viloyatida markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 60,9 foizdan 73,8 foizga yetkazildi.

Markazlashgan suv ta’minoti asosan viloyatning 3 ta yirik yer usti inshootlari orqali ya’ni Angren shahar "Navro‘z" suv tozalash inshooti, Chirchiq shahar "Ochiq" suv tozalash inshooti va Qibray tumani "Qodiriya" suv tozalash inshootlari hamda 22 ta tumandagi suv ishlab chiqarish (skvajina) inshootlaridan iborat bo‘lib, aholiga 594 ta suv inshootlari, 866 dona suv olish quduqlari hamda 6 683,6 km uzunlikdagi ichimlik suv quvurlari va tarmoqlari orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.

Aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini yaxshilash maqsadida "Toshkent viloyati suv ta’minoti" AJ va boshqa manbalar hisobidan 2022-yilda jami 7,4 mlrd. so‘m mablag‘lar evaziga 45,2 km ichimlik suv tarmoqlari kapital, 125,1 km qismi joriy ta`mirlangan.

Shuningdek ish haqi, elektr-energiya, soliq to‘lovlari, xorijiy kreditlar to‘lovi amalga oshirilgan bo‘lib, joriy va kapital ta’mirlash, tizimni modernizasiya qilish ishlarida ham sarf-xarajatlar talab etiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi 6074-sonli Farmoni 3-bandi va 2022-yil 2-avgustdagi 341-sonli qarori 4-ilovasi 5.11-bandiga muvofiq, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJga 2023-yil 6-sentabrda berilgan T-11-01/03-3651-sonli xulosasi, Iqtisodiyot va Moliya bosh boshqarmasining 2023-yil 15-sentabrdagi 0-20/27-08-38/1737-sonli xati o‘rganib chiqilib, viloyatda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari tariflarini tartibga solish maqsadida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi tomonidan “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJning iste’mochilarga yetkazib beriladigan ichimlik suvi va ko‘rsatiladigan oqova suv xizmatlari uchun 2024-yil 20-fevraldan boshlab yangilangan tariflar (narxlar) tasdiqlandi.

Unga ko‘ra 2024-yilning 20-fevralidan quyidagi belgilangan tariflar amalda qo‘llaniladi:*

Ichimlik suvi:

a) aholi uchun –1 m3 – 2000 so‘m;
b) byudjet tashkilotlari uchun - 1m3 - 9 000 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 - 9 000 so‘m;

Oqova suv xizmati uchun:

a) aholi uchun – 1 m3 – 1000 so‘m;
b) byudjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 2000 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 – 2000 so‘m.

* ** ***taklif etilayotgan narxlar QQS siz hisoblangan

ESLАTMА!!!

Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!

Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Matbuot xizmati