“Toshkent suv taʼminoti”: jismoniy va yuridik shaxslardan 3132 ta murojaat kelib tushdi (2023-yil yanvar-iyun holatiga)
Bosh sahifa | Русский язык
2023-yil – “INSONGA E’TIBOR VA SIFATLI TA’LIM YILI” yil shiori ostida, barcha soha vakillari, har qachongidan ham ko‘proq aholi ichiga kirib muammolarini hal etish, “mahallabay”, “xonadonbay” ishlash tizimini samarali joriy etishni talab qilmoqda.
Bizda “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun” va “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyillari asosida fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish, huquqiy va qonuniy manfaatlari ta’minlanayotgani Yangi O‘zbekistonimizda keyingi yillarda olib borilayotgan insonparvarlik siyosati dunyo hamjamiyatida e’tirof etilayotgani barchamizni birday quvontiradi, g‘ayratimizga g‘ayrat, shijoat qo‘shadi.
Ma’lumki, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ–445-son Qonuni va mazkur Qonun asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son Qarori qabul qilingan bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ijro intizomi bo‘limi ish faoliyati shu Qonun va Qaror talablari asosida tashkil etilgan.
“Toshkent suv ta'minoti” MChJga va bo‘ysunuvdagi shahar, tuman filiallarga joriy yilning I-yarim yillik davomida, ya'ni 6 oylik mavsumda jami bo‘lib, 3132 ta murojaatlarlar rasmiylashtirilgan. 1-chorak davomida esa 1065 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 2 chorak davomida bu ko‘rsatkich 2067 taga yetib, ya’ni 100 foizga ortgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi (O‘zsuvta'minot AJ) orqali 2683 ta murojaat rasmiylashtirilgan:
1089ta 40,5 foizi murojaat ijobiy yechimini topgan, ya‘ni qanoatlantirilgan;
1153ta 43 foizi murojaat yuzasidan umumiy va xuquqiy tushintirish, ya’ni dastur asosida bajarilishi tushuntirilgan;
441ta 16,4 foizi murojaat jarayonda bo‘lib, ijro muddatini kutmoqda (15 yoki 30 kunlik muddat).
I-yarim yillik davomida kelib tushgan 1132 ta murojaatlarlarni hududlar kesimida tahlil etilganda, murojaatlarning asosiy qismi:
“Toshkent suv ta'minoti” MChJ – 203 ta;
Angren shahar filiali – 205 ta, 18 foiz;
Ohangaron shahar filiali – 43 ta, 3,8 foiz;
Chirchiq shahar filiali – 322 ta, 28,4 foiz;
Olmaliq shahar filiali – 199 ta, 17,6 foiz;
Bekobod shahar filiali – 52 ta, 4,6 foiz;
Nurafshon shahar filiali – 66 ta, 5,8 foiz;
Yangiyo‘l shahar filiali – 127 ta, 11,2 foiz;
Yangiyo‘l tuman filiali – 194 ta, 17,1 foiz;
O‘rtachirchiq tuman filiali – 79 ta, 7 foiz;
Piskent tuman filiali – 63 ta, 5,6 foiz;
Qibray tuman filiali – 236 ta, 21 foiz;
Toshkent tuman filiali – 194 ta, 17,1 foiz;
Bekobod tuman filiali – 137 ta, 12,1 foiz;
Bo‘ka tuman filiali – 148 ta, 13 foiz;
Oqqo‘rg‘on tuman filiali – 55 ta, 4,8 foiz;
Ohangaron tuman filiali – 97 ta, 8,6 foiz;
Chinoz tuman filiali – 152 ta, 13,4 foiz;
Quyichirchiq tuman filiali – 46 ta, 4,1 foiz;
Bo‘stonliq tuman filiali – 148 ta, 13 foiz;
Parkent tuman filiali – 109 ta, 9,6 foiz;
Yuqorichirchiq tuman filiali – 92 ta, 8,1 foiz;
Zangiota tuman filiali – 194 ta. 17,1 foiz.
Shu Jumladan, Toshkent viloyati xalk qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar Nurafshon shahar filialida 5 ta murojaat, Zangiota tumani filialida 1 ta murojaat, Chinoz tumani filialida 5 ta murojaat, Qibray tumani filialida 29 ta murojaat, Quyichirchik tumani filialida 6 ta murojaat, Piskent tumani filialida 3 ta murojaat muddati o‘tib ketgan.
v) Jamiyat “1255” qisqa raqami orqali ro‘yxatga olingan murojaatlarning umumiy soni 612 tani tashkil etadi, 60 ta murojaat muddati o‘tgan murojaatlar turiga kiradi va nazoratdagi murojaatlardir.
Misol uchun: 28 ta murojaat markaziy isteьmolchilar bilan ishlash, 28 ta murojaaat ekspluatatsiya va qolgani metrologiya, laborotoriya hamda ishlab chiqarish bo‘limi ta'sarufida.
Tasdiqlangan “Sayyor qabul” reja-jadvali asosida "Toshkent suv ta'minoti" MChJ da 16 ta shahar tumanlarda Sayyor qabullar reja asosida o‘tkazildi va jami bo‘lib, 110 ta murojaat rasmiylashtirildi.
Kelib tushgan murojaatlardan 37 tasi ijobiy hal qilindi, 12 ta murojaatga tushintirish berildi, 8 ta murojaat boshka tashkilotga taalluqli bo‘lganligi bois, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi, 15 ta murojaat muddat va mablag‘ talab etilganligi bois uzoq muddatli nazoratga olindi. 27 ta murojaat bo‘yicha qo‘shimcha dasturga kiritish uchun bo‘yicha taklif kiritilgan, 11 ta murojaat o‘rganish jarayonida.
Rahbariyati tomonidan aholi muammolari o‘rganilmoqda va joylarda o‘z yechimini topmoqda.
Faoliyat yo‘nalishi va tahlil qilib, joylarga chiqib hamda hal etish yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
Bu borada matbuot (axborot) xizmati tomonidan ommaviy axborot vositalarida chiqishlar (O‘zbekiston-24, Mahalla, viloyat telekanali), va kelib tushayotgan tizimli muammolarni aniqlab, murojaatni o‘rganilib, rasmiy ijtimoiy tarmoqlar, telegramm kanallari orqali munosabaat bildirilmoqda.
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i M. ISAMIDDINOV