August 8, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Toshkent viloyatida iste’molchilarning debitor qarzdorligi yarim yillik holati bo‘yicha ma’lumot (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

Toshkent viloyati bo‘yicha jami iste’molchilar soni 380 487 tani tashkil qiladi, shundan aholi iste’molchilari 370 042 ta hamda yuridik tashkilotlari 10 445 tadan iborat.

Bugungi kunda “Toshkent suv taʼminoti” MChJ va uning shahar va tuman bo‘limlari tomonidan iste’molchilar orasida to‘lov intizomini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, iste’molchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, UZUM Apelsin kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Iste’molchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan ular ichimlik suvi ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.

Shunga qaramasdan, Toshkent viloyatida iste’molchilarning debitor qarzdorligi tobora oshib bormoqda va bugungi kunda 140,2 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda. Shundan jismoniy iste’molchilarning qarzdorligi 95 mlrd. 541 mln so‘m, yuridik tashkilotlar debitor qarzdorligi 44 mlrd. 688 mln so‘m, tashkil etadi.

Qarzdorlik miqdori eng yuqori bo‘lgan hududlar:

1)    Angren shaxar: 10 mlrd. 486 mln so‘m;

2)    Qibray tuman: 15 mlrd 548 mln so‘m;

3)    Toshkent tumani: 8 mlrd 772 mln so‘m;

4)    Zangiota tumani: 6 mlrd 363 mln so‘m;

5)    Yangiyo‘l tumani: 8 mlrd 617 mln so‘m;

6)    Bo‘stonliq tumani: 7 mlrd 180 mln so‘m.

Angren shahar, Qibray, Toshkent, Zangiota, Yangiyo‘l, Bo‘stonliq tumanlari bo‘yicha 56 mlrd 969 mln so‘mdan ortiq qarzdorliklar mavjud.

Ta'kidlash joiz, iste’molchilarning qarzdorligi bilan bir qatorda sohadagi eng og‘riqli muammolardan biri ichimlik va oqova suv tizimlariga noqonuniy ulanish holatlari bo‘lib qolmoqda.

Ushbu holatlarning oldini olish maqsadida tegishli idoralar bilan hamkorlikda joylarda muntazam ravishda reyd tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

“Toshkent suv taʼminoti” МЧЖ шаҳар ва туманлар филиаллари томонидан 2023 йил 7 ойлик якуни ҳолатига ЮРИДИК истеъмолчиларининг ичимлик сув ва оқова сув хизматларидан дебитор қарздорликларини қисқартириш юзасидан Даъво далиллар бўйича мутахассислари томонидан бажарилган ишлар тўғрисида МАЪЛУМ ОТ

Eslatma! Krill yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ma’lumot taqdim etilmoqda.

“Toshkent suv taʼminoti” МЧЖ шаҳар ва туманлар филиаллари томонидан 2023 йил 7 ойлик якуни ҳолатига АҲОЛИ истеъмолчиларининг ичимлик сув ва оқова сув хизматларидан дебитор қарздорликларини қисқартириш юзасидан Даъво далиллар бўйича мутахассислари томонидан бажарилган ишлар тўғрисида МАЪЛУМОТ

VIDEOLAVHALAR

RADIO

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati