February 13

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ tizimi xodimlari uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

Kuni kecha "Toshkent viloyati suv taʼminoti" AJ majlislar zalida “Hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash” mavzusida Jamiyat tizimi xodimlarining sohaga oid ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar ishtirokchilari yuridik xizmat va ijro intizomi boshqarmalari xulosalari yuzasidan tayyorlangan taqdimot bilan tanishishdi. Shu bilan birga, Jamiyat tizimidagi hujjatlarni elektron shaklda aylanmasi nazoratini takomillashtirish, tashkilotda ish yuritish, hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish, ularni nazorat tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi.

Seminar qatnashchilari Hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha prezentatsiya bilan yaqindan tanishib, amaliy vaziyatlarga bag‘ishlangan (keys) mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishdi.

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Axborot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat