“Toshkent suv taʼminoti” MChJning korruptsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat xizmati” tizimi takomillashtirilmoqda (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Bugungi kunda dunyo mamlakatlarining eʼtibor markazida turgan dolzarb masalalardan biri bu – korruptsiya illatiga qarshi kurashishdir.
Xususan, “Toshkent suv taʼminoti” MChJ apparati hamda tuman va shaharlarda suv va oqova tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish, uni oldini olish maqsadida halqaro tajribalardan kelib chiqib “komplaens-nazorat xizmati” tizimi bosqichma-bosqich takomillashtirilmoqda.
“Kooruptsmyaga qarshi kurashish komplaens nazorat xizmati”ning asosiy vazifalari – MCHJ va uning tassarufidagi barcha faoliyat sohalarining ish samaradorligi hamda ishbilarmonlik obro‘sini yo‘qolishini, xodimlarning manfaatlari himoyasizlanishini va amaldagi qonun hujjatlar talablari buzilishiga salbiy taʼsir etuvchi har qanday korruptsion, moliyaviy yoki boshqa xavf-xatarlarni oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Hususan, “Toshkent suv taʼminoti” MChJning Korruptsiyaga qarshi kurashish siyosati, “Аxloq kodeksi”, “Аxloq komissiyasi”, “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish”, “Xayriya va homiylik yordamini ko‘rsatish”, “Ish yuzasidan sovg‘alar va mehmondo‘stlik belgilari”, “Jamiyat kontragentlarini (hamkorlarini) o‘rganish to‘g‘risida”, Nomzodlarni ishga qabul qilishda o‘rganish va Xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma, Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xodimlarni o‘qitish ishlarini tashkil qilish yuzasidan metodik qo‘llanmalar hamda boshqa tartiblar shular jumlasidandir.
Qayd etish lozimki, ushbu ichki meʼyoriy hujjatlarni “Toshkent suv taʼminoti” MChJ faoliyatining barcha yo‘nalishlarida samarali joriy etilishi, korruptsion xatarlarga muhit yaratuvchi salbiy oqibatlarning oldi olinishini va faoliyatni belgilangan tartib qoidalarga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlaydi.
“komplaens nazorat xizmati” faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, loyiha doirasida ishchi-xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha o‘quv kurslari va tegishli ishlar olib borilmoqda.