“Toshkent suv ta’minoti” MChJning shahar va tuman filiallarida “Obodonlashtirish oyligi” davom etmoqda. Fotoalbom – 3
Bosh sahifa | Русский язык
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, “Toshkent suv taʼminoti” MChJ hamda uning shahar va tuman filiallari tomonidan 2023-yil 30-iyuldan 30-avgustgacha “Obodonlashtirish oyligi” o‘tkazilmoqda.
Bugungi kunda belgilangan tadbirlar doirasida 22 ta shahar va tuman suv ta’minoti filiallariga qarashli oqova hamda suv inshootlari egallab turgan yer maydonlari obodonlashtirilib, tartibga keltirilmoqda. Ushbu oqova va suv inshootlaridagi bino-inshootlarning fasad hamda ichki qismlarida pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, tadbirlar doirasida 89 ta ichki yoritish tizimi ta'mirlanib, 27 711 dan ortiq daraxtlarni oqlash va shakl berilib, 22 442 km ichki ariqlar va meliorativ kollektorlar tozalanib, atroflari obodonlashtirildi.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat