“Toshkent suv taʼminoti”: Zangiota va Yuqori chirchiq tumanidan korrupsiya holatlari fosh etildi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Aminov rahbarligida tuman va shaharlarda suv va oqova tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishda olib borilayotgan faoliyatni yanada takomillashtirish va turli huquqbuzarlik, talon-tarojliklarni oldini olishga hamda komplayens nazorat xizmati samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar keng ko‘lamda davom ettirilmoqda.
Tizimda olib borilayotgan nazorat profilaktika ishlari va buning natijasida MChJ direktori tomonidan ko‘rilayotgan turli huquqiy va intizomiy choralarga qaramasdan ayrim tuman va shaharlarda suv va oqova tizimida ishchi-xodimlar o‘z lavozim yo‘riqnomalariga rioya qilmaslik holatlari uchramoqda.
Jamiyatning 2023-yil 11-maydagi “Hududiy suv ta'minoti bo‘limlari balansidagi ichimlik va oqova suv tarmoqlarini xatlovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 115-sonli buyrug‘iga asosan, ishchi guruh tuzilib, ushbu buyruq ijrosini ta'minlash maqsadida, 2023-yil iyun oyida Zangiota tumani filiali tasarrufidagi “ВУ-3” suv inshootidagi asosiy vositalar xatlov (inventarizatsiya)dan o‘tkazilganda, 1977-yilda ishlab chiqarilgan, inventar raqami № 00-95534 bo‘lgan “D 1250-125” markali 1 dona nasos va 2011-yilda ishlab chiqarilgan inventar raqami № 00-95556 bo‘lgan “МК 630 kVt” markali 1 dona dvigatel asosiy vositalar ro‘yxatida yo‘qligi aniqlangan.
O‘rganishlar natijalariga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan asosiy vositalar “ВУ-3” suv inshooti sobiq ish ustasi I.A. tomonidan olib chiqib ketilib, o‘zgalar mulki o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan va to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun tuman prokuraturasiga tegishli tartibda taqdim etiladi.
YuQORI ChIRChIQ TUMANI BO‘YIChA
Joriy yilning 19-iyul kuni “Toshkent suv ta'minoti” MChJ Yuqori Chirchiq tumani filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat xizmati inspektori E.Baykabilov, jamiyat yuristlar bo‘limi boshlig‘i B.Tajiahmedov, Abonentlar bo‘limi boshlig‘i U.Munavvarovlar ishtirokida filial ishchi-xodimlari bilan mavjud qarzdorliklarni o‘z vaqtida bartaraf etib, tashkilot hisobiga kirim qilinishi va noreal qarzdorliklar bo‘yicha muhokama qilinib, shu bilan birga korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Taʼkidlash joizki, fuqarolar, tuman va shaharlarda suv va oqova tizimida ishchi-xodimlari va isteʼmolchilar hamkorlik doirasida yuzaga keladigan korrupsion holatlar yoki Jamiyat masʼullari tomonidan qonunbuzulish va korrupsion holatlar sodir etilganda MChJ rasmiy sayti, komplaens nazorat xizmatining +(99871) 202-14-15 ichki raqam 12 ishonch raqamiga maʼlum qilishingiz mumkin.
Murojaat, yo‘llaganlar shaxsi mutloqo sir saqlanishi kafolatlanadi.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ komplayens nazorat xizmati inspektori Ermuhammad Baykabilov