“Toshkent suv taʼminoti”:2023-yil yanvar–iyun oylarida viloyat oqava suv tarmog‘iga oqizalayotgan oqava suvning ifloslantiruvchi moddalari meyordan ortiqligi aniqlangan 20 dan ortiq korxonalarga ogohlantirish xati taqdim etildi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi №804-sonli “Ichimlik suv ta’minoti va oqava suv tizimi boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorning yo‘l xaritasida “2023-yil 1-yanvardan Lokal tozalash inshootiga ega bo‘lmagan yoki Lokal tozalash inshooti yoki (yog‘ tindirgich va birlamchi tozalash qurilmasi) belgilangan talab va standartlarga javob bermaydigan ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari “Toshkent suv ta’minoti” MChJ o‘rtasida tuzilgan ichimlik va oqava suv xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni bekor qilish” belgilab qo‘yilgan.
2023-yil yanvar–iyun oylarida 20 dan ortiq korxonalar tomonidan viloyat oqava suv tarmog‘iga oqizalayotgan oqava suvning ifloslantiruvchi moddalari O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikda belgilangan me'yordan ortiqligi aniqlandi.
Bu esa, korxonalarda tozalovchi oqava suv tozalash inshooti yoki modernizatsiya qilinmaganligi ma’lum bo‘ldi.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Aminovning topshirig‘iga binoan, viloyat oqava suv tarmog‘iga oqizalayotgan oqava suvning ifloslantiruvchi moddalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi VMQ–202 sonli qarorida belgilangan meyordan ortiqligi aniqlangan korxonalarga Jamiyat xodimlari tomonidan ogohlantirish xatlari o‘z egalariga yetkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu ogohlantirishlarga qaramay korxonalar tomonidan mazkur muammoni bartaraf etilmasa, yuqoridagi Qarorga asosan, oqava suv xizmati uchun ikki tomonlama tuzilgan shartnomasi bekor qilinadi.