December 19, 2023

“Toshkent suv ta’minoti” MCHJ O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyat Kengashi bilan o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

Kecha, “Toshkent suv ta'minoti” MCHJ binosining katta majlislar zalida “Toshkent suv ta’minoti”MCHJ va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyat Kengashi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Jamiyat va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyat Kengashi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Ushbu Memorandumda suvni asrab avaylash va tabiiy suvlarni qadirlash hamda yer osti va yer usti suvlaridan oqilona foydalish va aholi orasida suvni tejash bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini birgalikda amalga oshirish nazarda tutadi.

O‘zaro hamkorlik Memorandumi quyidagilar ko‘zda tutilmoqda:

– aholi yashash hududlarini “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘klamzorlashtirish, tabiiy resurslarni qayta tiklash, muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishga qaratilgan keng miqyosli tadbirlar o‘tkazish;

– qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish, ekologik sof texnologiyalarni o‘rganish, rivojlantirish va amaliyotga joriy etishda hamkorlik qilish;

– atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga doir hamkorlikda jamoatchilik fikrini o‘rganish va natijasi bo‘yicha ma’lumotlarni jamoatchilikka taqdim etish;

– aholining ekologik ongi va madaniyatini oshirish, ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirishga doir ishda hamkorlikni amalga oshirish;

– atrof-muhitni, aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish;

– hamkorlikda seminar-trening, davra suhbatlari, matbuot anjumanlari, forum, uchrashuvlar va boshqa huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish;

– mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, shuningdek, jamiyatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va huquqiy sohalardagi o‘zgarishlar hamda yangilanishlar bilan bog‘liq jarayonlarni ommaviy-axborot vositalari hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish;

– ushbu Memorandum doirasida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun faoliyatga oid tegishli axborot va ma’lumotlar almashuvini yo‘lga qo‘yish;

– birgalikdagi loyihalar, maxsus dasturlar va yillik ish rejalar ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

– o‘zaro kelishuvga ko‘ra ijtimoiy sheriklik qonunchilikka muvofiq boshqa yo‘nalishlarda ham amalga oshirilishi mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat