“Toshkent suv taʼminoti”: Qibray tumani filialining “Yuqori–yuz” suv inshootidagi ichimlik suv ko‘tarish nasosi D-160-35 ta’mirlandi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Joriy yilning 19-noyabrda ertalab, taxminan soat 09:20da Qibray tumani filalining “Yuqori–yuz” suv inshootidagi ichimlik suv ko‘tarish nasosi D-160-35da nosozlik holati sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga zudlik bilan, Filial bosh muhandis boshchiligida ishchi guruh yetib borib, avariya sabablari o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, ichimlik suv ko‘tarish nasosi D-160-35da podshipnik 308 yaroqsizligi aniqlangan.
Ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, podshipnik 308 va unga kerakli maxsus mahsulotlar keltirilib, nasosi D-160-35 soz holatiga keltirildi.
“Yuqori–yuz” suv inshooti 1978-yilda qurilgan bo‘lib, 478 ta xonadon 1603 tadan ortiq iste’molchilarga ichimlik suvi bilan ta’minlab kelmoqda.
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat