January 29

“Toshkent viloyati suv ta’minoti”: Nurafshon shahar va Piskent tumanida suv ta’minoti va oqova suv xizmati darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha Sayyor qabul o‘tkazildi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent viloyati suv ta'minoti” AJ direktori topshirig‘i bilan Nurafshon shahar va Piskent tumanida suv ta’minoti va oqova suv xizmati darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda Jamiyat bosh muhandisning eksplatatsiya bo‘yicha o‘rinbosari Botir Nartayev boshchiligida bo‘lim boshliqlari, Nurafshon shahar va Piskent tuman rahbar-xodimlari, hamda boshqa tashkilot mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda aholini qiynab kelayotgan suv ta’minoti va oqova suv xizmati tizimidagi masalalar yuzasidan muammolar bo‘yicha 10 ta murojaat kelib tushgan.

Xususan, Maraimov Qobil, Ruziyeva Nargiza, Dadayev Baxtiyor, Ummataliyeva Xursanoy, Xasanova Aziza, Turdiyev Saparbay kabi iste’molchilari tomonidan “Oqava suv tarmog‘iga ulanish”, “Ichimlik suvi masalasi”, “Ichimlik suvidagi qarzdorlik masalasi”, “Ichimlik suvi xisoblagichini rasmiylashtirish” kabi mavzularda berilgan muammoli savollariga tegishli javoblar olindi.

2024-yil yanvar oyida Nurafshon shahar va Piskent tumanida o‘tkazilgan sayyor qabuldagi fuqarolarning murojaatlari yuzasidan nazorat rejasi tasdiqlandi.

“Toshkent viloyati suv ta'minoti” AJ direktori tomonidan ushbu nazorat rejaga kiritilgan murojaatlarni belgilangan muddatdan kechiktirmay bajarilishi yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Axborot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat