“Toshkent suv ta’minoti”: Bo‘stonliq tumani Charbog‘ qo‘rg‘oni “Do‘stlik” MFYda ichimlik suv yaroqsizligi bo‘yicha kelib tushgan murojaat tegishli tartibda o‘rganildi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv ta'minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati Bo‘stonliq tuman filialiga Charbog‘ qo‘rg‘oni “Do‘stlik'” MFYda istiqomat qiluvchi xonadon egalaridan tegishli tartibda murojaat kelib tushgan.
Xususan, Quruvchi “BUSH” 30-uyda yashovchi fuqaro V.I.Moshkinning Prezidenti portaliga yo‘llagan murojatnomasiga asosan, Bo‘stonliq Tuman SES tomonidan ushbu hududda suv O‘zDst 950:2011 “Ichimlik suvi” standarti talabiga mos emasliligi to‘g‘risida xulosa taqdim etilgan.
“Toshkent suv ta’minoti” MCHJ Bo‘stonliq tuman filiali ushbu murojaatni tegishli tartibda o‘rganildi.
O‘zDst 950:2011 “Ichimlik suvi” standarti talabiga muvofiq, ichimlik suv iste’molga yaroqliligi aniqlandi.
“Toshkent suv ta’minoti” MCHJ Bo‘stonliq tuman filiali laboratoriya mas’ul xodimlari tomonidan har kuni ichimlik suv chiqish qismida dezinfeksiya ishlari olib boriladi.
Shuningdek, laboratoriya mas’ul xodimlari doimiy ravishda chiqish qismidagi ichimlik suvdan analiz olishadi.
Eslatib o‘tamiz, Quruvchi “BUSH” aksariyat qismi dala hovlilardan iboratdir.
“Toshkent suv ta'minoti” MCHJ tassarufida 13 ta laboratoriyalar mavjud, shulardan, 5 tasi oqova suvlar bo‘yicha kimyo bakteriologik laboratoriyasi qolgan 7 tasi ichimlik suv laboratoriyalari va 1 ta markaziy analitik laboratoriyalar faoliyat yuritmoqda.
Ma’lumot uchun, tuman SEO va JS bo‘limi bilan shartnoma tuzilgan bo‘lib, shartnomaga asosan, suv inshootlardan ishlab chiqarilayotgan ichimlik suvini O‘zDst 950:2011 “Ichimlik suvi” standarti talabiga javob berish va ichimlikka yaroqligini aniqlash maqsadida har oyda tuman SEO va JS bo‘limi xodimi bilan birgalikda shartnomaga asosan tahlil na’munalari topshiriladi va tahlil natijalari yuzasidan viloyat markaziy lobaratoriyasiga ma’lumot berilib boriladi.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat