“Toshkent suv taʼminoti”: Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida sayyor qabul o‘tkazilmoqda (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Toshkent viloyati hokimligining 2023-yil may oyida Sayyor qabul nazorat rejasiga muvofiq Bekobod shahar va Chinoz, Bekobod, Zangiota, Qibray, Bo‘ka, Ohangaron tumanlarida viloyat hokimi o‘rinbosarlari boshchiligida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.
Qabulda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosarlari “Toshkent suv taʼminoti” MChJ mas‘ul hodimlari hamda viloyat va shahar korxona-tashkilot mutasaddi rahbarlari ishtirok etishmoqda.
Sayyor qabulda aholini qiynab kelayotgan uzluksiz ichimlik suvi bilan ta‘minlash, oqova suv tizimidagi masalalar yuzasidan muammolar bo‘yicha murojaatlar o‘rganilmoqda.
Sayyor qabuldagi murojaatchilar savollariga mutasaddi tashkilotlardan tegishli javoblar olinmoqda.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminov tomonidan sayyor qabullarda nazorat rejaga kiritilgan murojaatlarni belgilangan muddatdan kechiktirmay bajarilishi yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.