May 15, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri “Sabo” mahalla fuqarolar yigʼini Tong ko‘chasiga diametri Ø50 suv plastik quvur yotqizilmoqda (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri “Sabo” mahalla fuqarolar yig‘ini Tong ko‘chasida istiqomat qilib kelayotgan aholi tomonidan diametri Ø50 mm li uzunligi 200 metr bo‘lgan plastik quvur olib kelindi.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ ishchi-xodimlari esa transheya kovlab, hamkorlikda montaj ishlarini amalga oshirib bermoqda.

Buning natijasiada “Sabo” mahalla fuqarolar yigʼini Tong ko‘chasida istiqomat qilayotgan 17 ta xonadonning toza ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanadi.

Yangiyo‘l shahari aholisini markazlashgan suv taʼminotini yaxshilash maqsadida, joriy yilda 9 km yangi ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qayta ta‘mirlash ishlari rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Yangiyo‘l shahar aholisi 100 foiz markazlashgan toza ichimlik suvi bilan taʼminlangan.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati