“Toshkent suv taʼminoti”: Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri “Fayziobod” mahalla fuqarolar yig‘ini Fayziobod tupik 2 ko‘chasiga diametri Ø50 suv plastik quvur yotqizildi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv ta'minoti” MCHJ Yangiyo‘l shahar bo‘limiga tegishli tartibda “Fayziobod” mahalla fuqarolar yig‘ini Fayziobod tupik 2 ko‘chasida ichimlik suv bosimi pastligi bo‘yicha murojaat kelib tushgan.
“Fayziobod” mahalla fuqarolar yig‘ini Fayziobod tupik 2 ko‘chasida istiqomat qilib kelayotgan aholi tomonidan diametri Ø50 mm li uzunligi 150 metr bo‘lgan plastik quvur olib kelindi.
“Toshkent suv ta’minoti” MCHJ ishchi-xodimlari esa transheya kovlab, hamkorlikda montaj ishlarini amalga oshirib berildi.
Buning natijasiada, “Fayziobod” mahalla fuqarolar yig‘ini Fayziobod tupik 2 ko‘chasida istiqomat qilayotgan 14 ta xonadonning toza ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Yangiyo‘l shahar aholisi 100 foiz markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan.
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.