April 8

“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: viloyatda iste’molchilarning debitor qarzdorligi 1-aprel holati bo‘yicha ma’lumot (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

Toshkent viloyati bo‘yicha jami iste’molchilar soni 402 731 tani tashkil qiladi, shundan aholi iste’molchilari 392 400 ta hamda yuridik tashkilotlari 10 331 tadan iborat.

Bugungi kunda “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ va uning shahar va tuman bo‘limlari tomonidan iste’molchilar orasida to‘lov intizomini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, iste’molchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, UZUM Apelsin kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Iste’molchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan ular ichimlik suvi ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.

Shunga qaramasdan, Toshkent viloyatida iste’molchilarning debitor qarzdorligi tobora oshib bormoqda va bugungi kunda 64 mlrd. 308 mln so‘mni tashkil etmoqda. Shundan jismoniy iste’molchilarning qarzdorligi 52 mlrd. 315 mln so‘m, yuridik tashkilotlar debitor qarzdorligi 11 mlrd. 993 mln so‘m, tashkil etadi.

Qarzdorlik miqdori eng yuqori bo‘lgan hududlar:

1) Bo‘stonliq tumani: 5 mlrd 638 mln so‘m;

2) Qibray tumani: 4 mlrd. 726 mln so‘m;

3) Yangiyo‘l tumani: 4 mlrd 545 mln so‘m.

Ta’kidlash joiz, iste’molchilarning qarzdorligi bilan bir qatorda sohadagi eng og‘riqli muammolardan biri ichimlik va oqova suv tizimlariga noqonuniy ulanish holatlari bo‘lib qolmoqda.

Ushbu holatlarning oldini olish maqsadida tegishli idoralar bilan hamkorlikda joylarda muntazam ravishda reyd tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

FOTOALBOM

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” АЖ Ахборот хизмати

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat