June 15, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Olmaliq shahri “Usmon Nosir” MFY diametri Ø63 mm li 70 m suv quvuri 20 ta xonadonga tortilmoqda (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga Olmaliq shahri “Usmon Nosir” MFY Usmon Nosir ko‘chasida istiqomat qiluvchi xonadon egalaridan tegishli tartibda murojaat kelib tushgan.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Olmaliq shahar bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan joyiga chiqilib, o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, “Usmon Nosir” MFYda diametri Ø63 mm li eski suv quvurida yoriq paydo bo‘lib, suv oqishda davom etgan.

Olmaliq shahar bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, maxsus uskunalar bilan diametri Ø63 mm li 70 m suv quvuri tortilmoqda.

Maʼlumot uchun, Olmaliq shahar 24/7 dispetcherlik xizmati ☎️ 998 70 615-21-70, 70 615-22-85

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirig‘iga binoan, shahar va tumanlarda mavjud suv quvurlarni tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

FOTOLАVHАLАR

ESLАTMА: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan, ular ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati