May 26, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Yuqori Chirchiq tumani “Javgashti markazi” suv inshootiga qarashli ESV 8 USP 25-70 nasos agregati o‘rnatilib, 595 ta xonadon egalari toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga Yuqori Chirchiq tumani “Saksonota” MFYda istiqomat qiluvchi xonadon egalaridan tegishli tartibda murojaat kelib tushgan.

Xususan, “Javgashti markazi“ suv inshootiga qarashli ESV 8 USP 50-100 nasos ishlamayotganligi natijasida ichimlik suv tarmog‘ida suv uzilish bo‘lganligi bayon qilingan.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirigʼiga binoan, shahar va tumanlarda mavjud nasos agregatlarning faoliyatini tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun, “Toshkent suv taʼminoti” MChJ Yuqori chirchiq shahar bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan “Saksonota” MFY “Javgashti markazi“ suv inshootiga qarashli ESV 8 USP 25-70 nasos agregati o‘rnatildi.

Xususan, “Saksonota” MFYda elektr energiyaning doimiy meyorda saqlanmasligi ESV 8 USP 50-100 nasos agregati yaroqsiz holatga kelib qolgan.

Nosozlikni bartaraf etish guruhi ushbu nasosning o‘rniga ESV 8 USP 25-70 nasos agregati o‘rnatildi.

Kelgusida, “Toshkent suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati Yuqori Chirchiq tumani bo‘limi tomonidan ESV 8 USP 40-110 nasos agregati o‘rnatilishi rejalashtirildi.

Mazkur “Saksonota” MFYning 595 ta xonadon egalari toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

ESLАTMА!!!

Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!

Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati