August 14, 2023

Toshkent viloyati hokimi boshchiligida O‘rta chirchiq tumanida aholi turmush darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha Ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida 2023-yil 10-avgust kuni O‘rta chirchiq tumanida “Xalqobod” MFYdagi 2-sonli kasb-hunar maktabi binosida navbatdagi Ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda “Toshkent suv ta'minoti” MChJ direktori No‘mon Aminov, viloyat va shahar korxona-tashkilot mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda aholini qiynab kelayotgan muammolar bo‘yicha murojaatlar o‘rganilib, joyiga chiqqan holda yechim topmoqda.

Sayyor qabulda aholini qiynab kelayotgan uzluksiz ichimlik suvi bilan ta'minlash, oqova suv tizimidagi masalalar yuzasidan muammolar bo‘yicha 7 ta murojaat kelib tushgan.

Xususan,

– Oqqo‘rg‘on tumanidan Solijon Chimpo‘latov;

– Bekobod tumanidan Nazira Boqiyeva;

– Nurafshon shahardan Aziza O‘lmasova va To‘lqinxoji ota Raximberdiyev;

– O‘rtachirchiq tumanidan Mavjuda Hamdamova;

–Ohangaron shahardan Tojinisa Eshmatova;

– Angren shahardan Moxira Xidirova va Laziza Atabayeva kabi fuqarolar tomonidan “Obod qishloq” dasturi asosida ichimlik suvi bilan ta'minlanishi”, “DXSh asosida MTM qurgan, xozirda ichimlik va oqava suvi tarmog‘iga ulanish”, “Asossiz qarzdorlik”, “Dastur asosida ishlar amalga oshirilgan, ammo tarmoqda nosozliklar mavjud” kabi mavzularda berilgan muammoli savollariga mutasaddi tashkilotlardan tegishli javoblar olindi.

“Toshkent suv ta'minoti” MChJ direktori No‘mon Aminov tomonidan ushbu nazorat rejaga kiritilgan murojaatlarni belgilangan muddatdan kechiktirmay bajarilishi yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati