February 26

“Toshkent viloyati suv ta’minoti”: “China Geo Engineering Corporation” pudratchi tomonidan amalda oshirilayotgan ish-rejalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokidagi “Toshkent viloyati ichimlik suvi va oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish loyihasi bo‘yicha 1-faza 5 paket “China Geo Engineering Corporation” va yordamchi pudratchilar ishtirokida bugun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish “China Geo Engineering Corporation” pudratchi binosida Toshkent tuman Xalq depudatlari, “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari v.b. Sh.Sadillayev, jamoatchilik guruhi rahbarlari M.Usmanov, “Toshkent viloyat suv ta’minoti” AJ direktori o‘rinbosari A.Eshpo‘latovlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda, “China Geo Engineering Corporation” pudratchi tomonidan amalda oshirilayotgan qurilish ish-reja jarayonidagi yutuq-kamchiliklari muhokama qilindi.

Jumladan, “5-son”, “6-son”, “7-son”, “8-son”, “Umarova”, “Tulabek”, “Oltintepa”, “Ulug‘bek” va “Achchi-soy” suv taqsimlash inshootlari (9 ta) hamda 226,9 km suv tarmog‘ini qurish va rekonstruksiya qilish.

Xususan, loyiha hududida 136,8 km ichimlik suv tarmoqlari (Ø100-300 mm) va 2 ta suv rezervuarlari qurildi hamda 3 810 ta xonadonlarga suv hisoblagichlar o‘rnatildi. Shuningdek, 7 ta suv taqsimlash inshooti, 12 ta suv rezervuarlarida qurilish ishlari hamda 2 ta suv taqsimlash inshooti va 4 ta suv rezervuarlarida rekonstruksiya ishlari davom etmoqda.

Pudratchi – “China Geo Engineering Corporation” kompaniyasi (Xitoy). Shartnoma 22.12.2021-yilda imzolangan. Shartnoma qiymati 16,36 mln dollar.

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Axborot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat