“Toshkent suv taʼminoti”: Аngren shahri “Yangi jigariston” MFYdagi quduqda ichimlik suv quvuri nosoz holati bartaraf etilmoqda (Foto+video)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga Аngren shahri boʼlimiga “Yangi jigariston” MFY da istiqomat qiluvchi xonadon egalaridan tegishli tartibda murojaat kelib tushgan.
Xususan, “Yangi jigariston” MFYdagi quduqda diametri Ø300 mm li suv quvuri eski holatga kelib qolganligi sababli, yoriq paydo boʼlib, suv oqishda davom etgan.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirigʼiga binoan, shahar va tumanlarda mavjud suv quvurlarni tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Аngren shahar bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, diametri Ø300 mm li suv quvuri taʼmirlanmoqda.
Mazkur “Yangi jigariston”, G‘afur Gʼulom va “Obliq” MFYlarning 500 dan ortiq isteʼmolchisi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.
ESLАTMА: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan, ular ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.