“Toshkent suv taʼminoti”: Chirchiq shahar “Shodlik”, “Gulzor” va “Lola” MFYlarda ichimlik suv quvuri ta’mirlandi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv taʼminoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati Chirchiq shahri filialiga “Shodlik”, “Gulzor” ва “Lola” MFYlarda istiqomat qiluvchi xonadon egalaridan tegishli tartibda murojaat kelib tushgan.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Chirchiq shahri filiali nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan joyiga chiqilib, o‘rganildi.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirigʼiga binoan, shahar va tumanlarda mavjud suv quvurlarni tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Chirchiq shahri bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, xususan:
“Shodlik” MFY pedagogika oliygohi hududidan o‘tuvchi diametri Ø160 mm li polietilen 12 m kuvur almashtirildi.
Ko‘p qavatli uyxonadonlari uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
“Gulzor” MFY 16-uy oldidagi diametri Ø150 mm chuyan quvurda 3 m uzunligida almashtirish ishlari olib borildi.
“Lola” MFY 53-uy oldida diametri Ø100 mm li temir quvurga xamut o‘rnatildi.
Maʼlumot uchun, dispetcherlik xizmati ☎️ (70) 983-10-48
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.