“Toshkent suv taʼminoti”: Nurafshon shahri “Markaziy” va “Oppoq” suv inshootiga Hindiston Respublikasida ishlab chiqarilgan nasos agregati o‘rnatildi (Foto+video)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirigʼiga binoan, shahar va tumanlarda mavjud nasos agregatlarning faoliyatini tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Nurafshon shahar bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan quyidagi MFY suv inshootiga nasos agregati o‘rnatildi:
– “Oybek” MFY “Markaziy” suv inshootida ЭЦВ 6 25-90 va ЭЦВ 6 40-70 nasos agregati;
– “Oppoq” suv inshootida ЭЦВ 8 40-90 nasos agregati o‘rnatildi.
Mazkur suv inshooti orqali 300 dan ortiq xonadon egalari toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.