May 14, 2024

Hurmatli O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon, Ohangaron shaharlari aholisi!

Bosh sahifa | Русский язык

💧Aholining ichimlik va oqova suv xizmatlari sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida, “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ rahbariyati boshchiligida 2024-yil 15-may kuni O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon, Ohangaron shaharlarida fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tadi.

Sayyor qabul o‘tkaziladigan manzili va soati:

📍Manzil: O‘rta Chirchiq tumani “Kuchlik” MFY 17-maktab binosida soat 09:00da;

– Nurafshon shahar “Dehqonobod” MFY binosida soat 09:00da;

– Ohangaron shahar “Yoshlik” MFY binosida soat 09:00da;

📝Sayyor qabulda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlarga oid murojaatlaringiz va takliflaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat