June 26, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–465-sonli Qaroriga muvofiq, Piskent tumanining “Kultepa” va “Fayziobod” mahalla fuqarolar yig‘inlariga ichimlik suv tarmog‘i tortilmoqda (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “2023 – 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–465-sonli Qarori ijrosini taʼmilash maqsadida, mahallalarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shuningdek, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Piskent tumani “Fayziobod” mahalla fuqarolar yig‘iniga:

– 3,5 km tarmoq;

– 15 dona gidrant va 18 dona zulfin;

– diametri Ø110 mm ichimlik suv quvuri yotqizilmoqda;

– 138 ta xonadonga hisoblagich o‘rnatilish rejalashtirilgan.

“Kultepa” mahalla fuqarolar yig‘iniga:

– 2,5 km tarmoq;

– 5 dona gidrant va 7 dona zulfin;

– diametri Ø110 mm ichimlik suv quvuri yotqizilmoqda;

– 557 ta xonadonga hisoblagich o‘rnatilish rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, qurilish ishlarini “Ishonch” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan.

FOTOLАVHАLАR

ESLАTMА!!!

Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!

Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati